Siyosat

SHHT sammitida Mirziyoyev va Putin qanday masalalarni muhokama qilishdi

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao. - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar oʻrtasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Tsindao shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Predsedatel KNR Si Tszinpin vruchil prezidentu Rossii Vladimiru Putinu Medal drujbы v Bolshom zale Narodnogo Sobraniya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Xitoyda eng oliy darajali orden bilan mukofotlandi

Oʻzbekiston prezidenti Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari Oʻzbekiston tashqi siyosatining oʻzgarmas yoʻnalishi ekanini taʼkidlab oʻtdi.

"Bir yilda oʻzaro 70 ta delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar oʻtkazilgani aloqalarning bugungi surʼati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod oʻsgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz koʻp", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan mamnunligini taʼkidlab, ikki davlat hamkorligida koʻplab samarali loyihalar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

"Oʻtgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga oʻzgardi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan oʻtishda "yashil yoʻlak" tashkil etilgani natijasida Oʻzbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda", — dedi Vladimir Putin.

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani qayd etildi. Shuningdek, "Rosatom" Atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingani taʼkidlandi.

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao. - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao.

Joriy yilning kuzida Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga oliy darajadagi tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkentda ilk bor Oʻzbekiston va Rossiya hududlararo forumini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar oʻrtasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqot chogʻida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala