Siyosat

SHHT taraqqiyoti uchun qadahlar koʻtarildi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
"Tsindaoda boʻlib oʻtadigan sammiti butkul muvaffaqiyatli kechishi uchun, barcha davlatlarning gullab-yashnashi, xalqlar baxt va farovonligi, SHHTning ajoyib kelajagi, shu yerdagi mehmonlar va ularning oila aʼzolari salomatligi uchun qadahlarni koʻtarishni taklif etaman", - deb aytgan Xitoy yetakchisi

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. XXR Raisi Si Tszinpin Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-mamlakatlar rahbarlari sammiti ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda tashkilotga uning taraqqiyot yoʻlida zafarlar tiladi. Xitoy yetakchisi barcha mamlakatlar gullab-yashnashi va xalqlar farovonligi uchun qadah koʻtardi.

Neboskrebы v gorode Tsindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT sammiti: port-shahar Tsindaoda nimalar boʻlishi kutilmoqda?
SHHT sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning dengiz yoqasida joylashgan Tsindao shahrida boʻlib oʻtadi. Yakshanba kuni ertalab bu yerda tashkilotga Hindiston va Pokiston qoʻshib olinganidan keyin ilk marotaba SHHTga aʼzo mamlakatlar rahbarlari Kengashining birinchi yiligʻilishi oʻtkaziladi.

"Tsindaoda boʻlib oʻtadigan sammiti butkul muvaffaqiyatli kechishi uchun, barcha davlatlarning gullab-yashnashi, xalqlar baxt va farovonligi, SHHTning ajoyib kelajagi, shu yerdagi mehmonlar va ularning oila aʼzolari salomatligi uchun qadahlarni koʻtarishni taklif etaman", — deb aytgan Xitoy yetakchisi.

"Tsindao 2008 yildan — Pekin Olimpiadasida yelkanlar boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan vaqtdan buyon butun dunyoda yelkanlar shahri sifatida nom qozondi, bu yerdan qadim zamonlarda son-sanoqsiz kemalar olislarga oʻz orzusi ortidan yoʻlga chiqqan. Xuddi shu yerda ertaga kengaytirilgandan keyingi ilk SHHT sammiti boʻlib oʻtadi, tadbir davomida tashkilot taraqqiyotining rejasi va istiqbollari belgilab olinadi. Keling, Tsindaodagi sammitni startimizga aylantiramiz, va mana shu startda "Shanxay ruhi"ning yelkanlarini baland koʻtarib, barcha qiyinchiliklar va yogʻingarchilikni axillik bilan yengib oʻtamiz va SHHTning yangi taraqqiyoti sari yoʻl olamiz", — deb qoʻshimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala