Siyosat

Si Tsizinpin: Kuch, birdamlik va oʻzaro ishonchni oshirish kerak

© Sputnik / Sergey GuneyevSi Tszinpin vыstupil na sammite SHOS
Si Tszinpin vыstupil na sammite SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Tsindaodagi SHHT sammitida Xitoy rahbari oʻzaro tushunish va uygʻunlik va oʻzga davlatlar tanlagan rivojlanish yoʻlini hurmat qilish haqida gapirdi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. SHHT rahbarlari kengaytirilgan majlisida Xitoy rahbari Si Tszinpin nutq soʻzladi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Kuch, birdamlik va oʻzaro ishonchni oshirish kerak. Tsindao deklaratsiyasini, uzoq muddatli qoʻshnichilik haqidagi shartnoma boʻyicha harakatlar rejasini SHHT mamlakatlari doʻstligi va hamkorligi haqidagi shartnomani toʻliq amalga oshirish kerak.

Tashkilotning har bir aʼzosi, oʻzga davlatlar tanlagan mustaqil rivojlanish yoʻlini hurmat qilishi kerak. Bir birining asosiy manfaatlari va xavotirlarini hisobga olishi kerak. Turli kelishmovchiliklarni hal qilish, oʻzaro tushunish va uygʻunlikni, kuchaytirib tashkilotni mustahkam va boshqa mamlakatlar uchun ham jozibador uyushmaga aylantirish kerak.

Umumiy tinchlik va xavfsizlik uchun mustahkam asos yaratish kerak. “Uch yovuz kuch” bilan kurash uchun tashkilot 2019-2021 yillarda belgilagan dasturni faol amalga oshirish kerak. Birgalikda aksilterror oʻquv-mashgʻulotlari olib borish, mudofaa va xavfsizlik, axborot xavfsizligi hamda huquqni saqlash organlari orasida hamkorlikni mustahkamlash kerak.

Vaziyatdan foydalanib, Xitoy SHHT banklar uyushmasi doirasida 30 milliardlik Yuanlik kredit liniyasi ochganini eʼlon qilaman”, — dedi Si Tszinpin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala