Jamiyat

Maktab oʻqituvchilarining oyliklari oshiriladi va ularga imtiyozli ipoteka krediti beriladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining yuqori sinf oʻqituvchilarining oylik ish haqlari 24 foizga, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining oylik ish haqlari esa 10 foizga oshiriladi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga Oʻzbekiston prezidentining “Xalq taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi

Ucheniki i uchitel na uroke - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nega oʻqituvchiga imtiyoz yoʻq

Loyiha bilan pedagog xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish hamda ularni yoshlarga namuna va oʻrnak darajasiga koʻtarish koʻzda tutilmoqda.

Qaror loyihasida jumladan, eng yaxshi fan oʻqituvchilarini chet ellardagi yetakchi taʼlim muassasalariga malaka oshirish uchun qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan dam olish kunlarida va taʼtil davrlarida taʼlim muassasalari pedagoglariga oʻz oʻquvchilari bilan sayohatlar uyushtirishiga qulay shart-sharoitlar yaratish, Kasaba uyushmasi mablagʻlari hisobidan respublikaning tarixiy-madaniy markazlari va noyob tabiat goʻshalariga sayohatlarini tashkil etish, taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish salmogʻini koʻpaytirish, shuningdek tarmoq mukofotlari sonini oshirish, taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini sogʻliqni saqlash organlari tomonidan bir yilda bir marotaba keng qamrovli bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Shuningdek taʼlim muassasasi va xalq taʼlimi boshqaruv organlarida 5 yildan ortiq faoliyat olib borayotgan, oʻz kasbiy mahoratini namoyon qilayotgan, taʼlim sifatiga munosib hissa qoʻshayotgan pedagoglar uchun arzon uy-joylar qurilishi dasturi doirasida uy-joy sotib olishlari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish koʻzda tutilmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining yuqori sinf oʻqituvchilarining oylik ish haqlari 24 foizga, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining oylik ish haqlari esa 10 foizga oshiriladi.

Taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshayotgan, oʻz kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan, oʻquvchilari hududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi turli fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagog kadrlarga eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 20 barobarigacha miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilarining pedagogik yuklamasi bekor qilinadi, ulardan ortiqcha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish amaliyoti qatʼiyan taqiqlanadi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan oliy va birinchi malaka toifasini olish uchun topshiriladigan test sinovlari uchun toʻlanadigan toʻlov miqdorini ikki barobarga kamaytiriladi.

Qaror loyihasi muhokamasi 28 iyunda yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0