General-mayor Azizov kursantlarga: "Orangizdan yetuk qo‘mondonlar chiqishiga umid bildiraman"

© Ministerstvo oboroni RUzGeneral-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam
General-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri Azizov O‘zbekiston professional armiyasi saflarini malakali harbiy kadrlar bilan muntazam to‘ldirib borish borasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti muhim ta’lim muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boyevaya podgotovka voysk: noviy podxod - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning universal askarlari

Shu yilning 6-may kuni Toshkent harbiy okrugidala-o‘quv maydonida ochilgan yangi Tank biatloni majmuasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlariga tantanali tarzda diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Toshkent harbiy okrugi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti qo‘mondonligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparar" tashkiloti Markaziy kengashi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari, bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Mudofaa vaziri Azizov O‘zbekiston harbiy salohiyatining tubdan yangilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bugun o‘z samarasini berayotgani, professional armiyamiz saflarini malakali harbiy kadrlar bilan muntazam to‘ldirib borish borasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti muhim ta’lim muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi.

© Mudofaa vazirligiGeneral-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam
General-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Abdusalom Azizov vruchil grudnie znaki kursantam

"Vatan o‘z sarhadlari taqdirini asl o‘g‘lonlariga topshiradi. Sizlar egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni ushbu olijanob ishga safarbar eting. Siz, bitiruvchi ofitserlar yangi xizmat joylarda bor bilim va malakangizni, kuch-g‘ayratingizni, qolaversa, harbiy xizmatning barcha mas’uliyatini his qilgan holda xizmat qiling! Sizlarning orangizdan yetuk qo‘mondonlar, generallar chiqishiga umid bildirib qolaman! Bu yo‘lda barchangizga omad va zafarlar tilayman", — deya bitiruvchilarni qutladi mudofaa vaziri.

Oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlari tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi usullari va Faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari marosim mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0