Mirziyoyev Erdo‘g‘onni prezident etib qayta saylangani bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Erdogan proveli telefonniy razgovor
Mirziyoyev i Erdogan proveli telefonniy razgovor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya mehnat migrantlarini himoya qilish to‘g‘risida bitim imzoladi
Suhbat boshida Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston-Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0