TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Tojikistonlik iqtisodchi Xoʻjamuhammad Umarov nima sababdan Oʻzbekistonda Tojikiston tsementiga katta qiziqish borligini aytdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Iqtisodchi hisobiga koʻra, Oʻzbekiston Tojikistondan yiliga 1 mln tonnagacha tsement sotib olishi mumkin.
Oʻzbekiston qurilish korxonalarining Tojikston tsementiga boʻlgan qiziqishning sababi – uning yuqori sifatidadir. Ayni damda Oʻzbekistonga eksport qilinayotgan tsement asosan yuqori markali M400, M500 va M600 markali portland tsementdir.
Iqtisodchi fikriga koʻra, Oʻzbekistonda yuqori markali tsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo zahiralari yoʻq. Bugungi kunda Oʻzbekistonda asosan M200, M300 markali tsementlar ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu sababdan Tojikiston tsementiga boʻlgan qiziqish saqlanib qoladi.