O‘zbekiston tashqi qarzi 1,3 %ga oshdi

Obuna bo‘lish
Markaziy bank xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori 329 million dollarga oshgan.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki ushbu yilning birinchi kvartalida O‘zbekiston tashqi qarzi 1,3 %ga oshganini qayd etdi.

Tashqi qarz o‘sishining asosiy qismi davlat sektoriga to‘g‘ri keldi. Valyuta kurslari o‘zgarishini hisobi bilan davlat tashqi qarzlari miqdori 329 million dollarga oshdi. Davlat qarzining qolgan qismi 7,6 milliarda dollardan 7,9 milliarda dollargacha o‘sdi", - deyilgan Markaziy Bank hisobotida.

Dollari SShA. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bu hafta dollar kursi pasaydi, yevro esa ko‘tarildi

Banklar sektorida qarz o‘sishi hajmi 79 million dollarni tashkil qildi. Bankdan tashqari moliya muassasalari sohasida – 3 million dollarni tashkil qildi.

Shu bilan bir vaqtda, asosiy qarz va qo‘shimcha foizlar kamayishi hisobidan xo‘jalik subyektlarining umumiy qarzi miqdori 222 million dollarga kamaydi.

Tashqi qarz miqdori past bo‘lishi va stabil saqlanishi jumladan milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursiga ham bog‘liq bo‘ladi. 2018-yil boshidan buyon AQSh dollari kursi 249 so‘mga pasayishi qayd etilgan edi.

Umumjahon miqyosida 2017-yilda eng katta davlat qarziga ega bo‘lgan mamlakatlar (trln.$):  AQSh - 19,9, Yevropa Ittifoqi - 17,9, Yaponiya – 11,4, Britaniya – 7,5, Germaniya – 5 va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0