Ukraina fuqarolari Toshkentdagi bankni tunamoqchi bo‘layotganida qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gumondorlar Qirg‘izistondan olib kelingan maxsus uskuna yordamida bank depozit yacheykalarini ochishga urinishgan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston IIV xodimlari Toshkentdagi xususiy banklardan birini tunamoqchi bo‘lgan uch nafar Ukraina fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar berildi vazirlik rasmiy saytida.

Huquq posbonlari xabariga ko‘ra, Ukraina fuqarolari Toshkentga 16-may kuni kirib kelishgan va xususiy banklardan birida depozit yacheykasini ochishgan. Gumondorlar moliya muassasasi va uning qo‘riqlash tizimini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqanlar.

Gumondorlar Qirg‘izistondan olib kelingan maxsus uskuna yordamida bank depozit yacheykalarini ochishga urinayotgan vaqtlarida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olinganlar, deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0