Hodisalar

Yaponiyada Syoko Asaxara va uning safdoshlari dorga tortildi

© REUTERS/Issei KatoPolitseyskoye rassledovaniye v Yaponii
Politseyskoye rassledovaniye v Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Asaxara va Xayakavadan tashqari, tashkilotning yana besh rahbari dorga osilgan - Seyiti Endo, Tomomitsu Niimi, Masami Tsutiya, Tomomasa Nakagava va Yosixiro Inoue

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiyada juma kuni "Aum Sinrike" diniy sektasining sobiq rahbari Syoko Asaxara dorga tortildi, deb xabar berdi NHK telekompaniyasi.

Shuningdek, oʻlim hukmi sektaning yettita rahbariga nisbatan ijro etilgan. Sektaning sobiq "harbiy vaziri" Kiyoxide Xayakavaga nisbatan ham oʻlim hukmi ijro qilingan.

Olimpiada 2016. Sportivnaya gimnastika. Mujchinы. Komandnoye mnogoborye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaponiya va cenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi
Xayakava 1993 yilda Yaponiyadagi zarin ishlab chiqaruvchi zavod qurilishida boʻlinmalarning birida rahbarlik qilgan.

1990-yillar boshida Xayakava tashkilotning Rossiyadagi boʻlinmasiga tez-tez borib turar, va aynan u Kalashnikov avtomati va Mi-8 vertoletlarini xarid qilish hamda Yaponiyaga yetkazish bilan shugʻullangan.

Asaxara va Xayakavadan tashqari, tashkilotning yana besh rahbari dorga osilgan — Seyiti Endo, Tomomitsu Niimi, Masami Tsutiya, Tomomasa Nakagava va Yosixiro Inoue.

Jinoiy sekta

"Aum Sinrikyo"* sektasi ("AUM chin taʼlimoti"*) Syoko Asaxara (Tidzuo Matsumoto) tomonidan 1987 yilda tashkil qilingan. Aʼzolari soni, turli maʼlumotlarga koʻra 30 mingdan 50 minggacha boʻlgan, ular orasida 10 mingdan ziyodi — Rossiyada joylashgan.
1994 yilda sekta tarafdorlari Nagano prefekturasida, Matsumoto shahrida zarin gazini purkaganlar, yetti kishi halok boʻlgan. 1995 yilning martida sektantlar zarinni Tokio metrosida purkashi oqibatida, 13 kishi halok boʻlgan, 6,3 ming nafari zaharlangan.

Sud va hukm

Tashkilotning jami 30 rahbari hibsga olingan, shulardan 13 nafari, shu jumladan Syoko Asaxara ham oʻlimga mahkum etilgan. Hukm shu kunga qadar ijro etilmagan edi.

Buning sababi shundaki, uch yetakchi yashirinishga muvaffaq boʻlgan va politsiya ularni topishdan, prokuratura esa — ayblov qoʻyishdan umidini uzmagan edi. Oradan 17 yil oʻtgach, ular hibsga olindi, 2015 yilda esa sekta rahbariyatiga nisbatan soʻnggi hukm eʼlon qilingan edi.

Oʻtgan yilning bahorida hukm etilganlar turli qamoqlarga boʻlib tashlangan edi. Bu esa hukmning ijro etilishini anglatardi. Syoko Asaxara Tokioda qoldiriladi va oʻsha yerda dorga tortiladi. Oxirgi yillarda u dementsiyadan aziyat chekkan, shu bois undan aniq koʻrsatmalar olishga muvaffaq boʻlinmadi, mahbus oilasi va advokatlari bilan uchrashuvdan voz kechar edi.

Yangiliklar lentasi
0