Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 maya pribыl v Namanganskuyu oblast
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 maya pribыl v Namanganskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ostona shahrining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6 iyul kuni ushbu davlatga joʻnab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Qozogʻiston poytaxtida Ostona shahrining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashrif davomida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda 2018 yilni Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilgandi. 2017 yil yakuni boʻyicha davlatlar oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi 8,6 % koʻpayib, 2 milliard dollardan oshdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Qozogʻiston sarmoyasi ishtirokida 281 ta korxona faoliyat yuritmoqda hamda Qozogʻistonning 14 ta kompaniya vakolatxonalari akkreditatsiyadan oʻtgan.

Tomonlar tovar almashish hajmini 2018 yilda 3 milliard dollargacha, 2020 yilda 5 milliard dollargacha yetkazishni taʼminlash maqsadida hamkorlikda tegishli choralarni koʻrishga kelishib olishgan.
Yangiliklar lentasi
0