Jamiyat

"Uralskiye avialinii" Urganch, Buxoro va Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Fotobankka oʻtishSamolet aviakompanii "Uralskiye avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskiye avialinii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq "Uralskiye avialinii" 18 iyuldan Sochidan Toshkentga muntazam reyslar qoʻyishini eʼlon qilgandi.

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Pulkovo aeroporti jadvalida "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasining Urganch, Buxoro va Fargʻonaga parvozlar roʻyxati paydo boʻldi.

Ayni paytda aviatashuvchining jadvalida Sankt-Peterburgdan Buxoroga Airbus A320 samolyotida 2 oktyabrdan 23 oktyabrgacha seshanba kunlaridagi parvozlari roʻyxati mavjud. Chipta narxi bir tomonga 11 ming rubldan boshlanadi. Oʻsha davrda shuningdek Airbus A321 samolyotida Urganchga parvozlar amalga oshiriladi. Parvoz narxi 11 ming rubldan boshlanadi.

Fargʻonaga reyslar 11 oktyabrdan 25 oktyabrga qadar payshanba kunlari Airbus A321 samolyotida amalga oshiriladi. Chipta narxi 11 ming rubldan boshlanadi.

Avvalroq "Uralskiye avialinii" 18 iyuldan Sochidan Toshkentga muntazam reyslar qoʻyishini eʼlon qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0