Jamiyat

Oʻzbekistonda soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi

© Sputnik / Igor OnuchinKombayn vыgrujayet bobы vo vremya uborki soi
Kombayn vыgrujayet bobы vo vremya uborki soi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uyushma soya yetishtirishni tashkil etish boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi qarori bilan Soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali.

Uyushmaning asosiy vazifasi etib, shu jumladan soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga koʻmaklashish belgilandi.

Fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar shartnoma asosida uyushmaga mustaqil aʼzo boʻlishi mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega.

Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0