Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlariga yangi boshqarma boshliqlari tayinlandi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rtta viloyat soliq xizmati boshqarmasiga yangi rahbarlari tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Xabarda aytilishicha, quyidagi boshqarma boshliqlari tayinlandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i — Bobojonov Davronbek Jumamuratovich;

Davlat soliq qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Goyibov Goyibov Jurabek Raxmonberdiyevich;

Davlat soliq qo‘mitasining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Igambergenov Kudratbek Kadambayevich;

Davlat soliq qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Ashurov Sherzod Raximovich;

Davlat soliq qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Axmedov Shodiyor Eshmuratovich.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0