Jamiyat

Oʻzbekistonda aliment sohasidagi muhim oʻzgarishlar kuchga kirdi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishRebenok
Rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Alimentni bola voyaga yetgunga qadar koʻchar va koʻchmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yoʻla oldindan toʻlash mumkin.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun bilan aliment sohasidagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilgan edi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻtgan yili uch ming nafar ayol elektron sudlov orqali aliment undirdi

Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali kuchga kirgan ushbu oʻzgartirishlarni eslatib oʻtdi.

Xususan endilikda:

— aliment toʻlamaslik 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olinishiga sabab boʻladi;

— aliment toʻlashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);

— har bir bola uchun aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam boʻlmagan miqdorda (138 225 soʻm) belgilanadi;

— alimentni bola voyaga yetgunga qadar koʻchar va koʻchmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yoʻla oldindan toʻlash mumkin;

— aliment oldindan toʻlangan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qoʻyilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming soʻm) boʻlmasligi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala