Dunyoda

Toliblar ISHIDning Oʻzbekiston va chechenistonlik uch nafar ayol aʼzosini qatl etdi

© AFP 2018 / Noorullah ShirzadaChlenы dvijeniya Taliban (zapreщeno v RF), Afganistan. Arxivnoye foto
Chlenы dvijeniya Taliban (zapreщeno v RF), Afganistan. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻoniston milliy armiyasining maʼlumotiga koʻra, toliblar Juzjon viloyatida ISHIDning uch nafar ayol jangarisini hibsga olishgan

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afgʻoniston shimolidagi Juzjon viloyatidagi jangovar harakatlar davomida “Islom davlati” terrorchilik guruhining uch nafar ayol jangarisini qatl etdi, deb xabar berdi Khaama Press agentligi afgʻon harbiylariga asoslanib.

Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii Islamskoye gosudarstvo Iraka i Levanta - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Islom davlati" Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf soladi

Afgʻoniston milliy armiyasining maʼlumotiga koʻra, toliblar Juzjon viloyatida ISHIDning uch nafar ayol jangarisini hibsga olishgan hamda avval zoʻrlab, keyin oʻldirishgan. Qatl qilinganlar Oʻzbekiston va Checheniston fuqarolari boʻlishgan.

Agentlikning bildirishicha, ikki guruh oʻrtasida viloyatda taʼsir kuchiga ega boʻlish uchun kurash bormoqda. Keyingi vaqtda ISHID va toliblar oʻrtasidagi oxirgi toʻqnashuvlar davomida ISHIDning 12 jangarisi oʻldirilgan va kamida 33 nafari jarohatlangan. Toliblar tomonidan uch jangari halok boʻlgan, kamida sakkiz jangari yaralangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala