Hodisalar

Toshkentda xlor sizib chiqishi oqibatida bir kishi vafot etdi, 18 kishi jabrlandi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSkoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto
Skoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Bektemir tumanidagi sanoat hududida joylashgan korxonalardan birida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Toshkentda xlor moddasi konteynerida yorilish sodir boʻlishi natijasida bir kishi vafot etdi, 18 kishi zaharlandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati.

Vazirlikning bildirishicha, 14 iyul kuni soat 02:30 larda Bektemir tumanidagi sanoat hududida joylashgan korxonalardan birida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir boʻlgan.

"Natijada, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 18 nafar ishchilar xlor moddasidan zaharlanish tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga joylashtirildi", - deyiladi vazirlik xabarnomasida.

Xabarda aytilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yotqizilgan 13 nafar yollanma ishchilar sogʻligi toʻliq tiklanganligi sababli 14 iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala