Toshkentdagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

© Press-slujba GUVDGUVD vvodit novie meri bezopasnosti posle pojara
GUVD vvodit novie meri bezopasnosti posle pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. 2018-yil 12-iyul kuni Yunusobod tumanida joylashgan "Cristal" supermarket binosida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng, poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar kuchaytirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ayni kunlarda poytaxtdagi yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

© Press-slujba GUVD TashkentaNovie meri bezopasnosti vvodit GUVD v TS
Toshkentdagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda  - Sputnik O‘zbekiston
Novie meri bezopasnosti vvodit GUVD v TS

O‘rganishlarda asosiy e’tibor obektlarni yong‘inni avtomatik ravishda sezish va ovozli xabar berish, shuningdek, tutunni haydab chiqarish qurilmalarining sozligiga, zaxira chiqish yo‘llarining holatiga, yong‘in vaqtida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi belgilar va avariya yoritish tizimi mavjudligiga, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligiga, markazlar xodimlarining yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini qay darajada bilishlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Savdo-ko‘ngilochar majmualari ishchi xizmatchilariga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining tun-u kun navbatchiligi tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0