Jamiyat

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Rahmatov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyoʻl shahar prokuraturasida boshlagan.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Rahmatov Shavkat Toʻraqulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Flag OON - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuratura va BMT oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha memorandum imzolandi

Shavkat Rahmatov 1970 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.  Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyoʻl shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Rahmatov avvalroq Surxondaryo hokimi lavozimiga tayinlangan Bahodir Poʻlatov oʻrniga kelgan. 2018 yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0