Hodisalar

Yana bir yongʻin: Toshkentda doʻkon yonib ketdi

© GUVD g. TashkentaV Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoraniye v torgovom tsentre
V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoraniye v torgovom tsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻin dastlabki sababi – elektr qisqa tutashuvi boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Toshkent Mirobod tumanida toʻqqiz qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan doʻkonga yongʻin tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Yongʻin natijasida doʻkon tepasida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchilar evakuatsiya qilindi.

Yongʻin bartaraf etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmadi.

Yongʻin dastlabki sababi – qisqa elektr tutashuvi boʻlishi mumkin. Aniq sababi esa tegishli ekspertizalar oʻtkazilgandan keyin maʼlum boʻladi. Yongʻin oqibatida yetkazilgan zarar ham hisoblanmoqda.

Bundan avval Sigma savdo majmuasida ham yongʻin sodir boʻlgandi. Mutaxassislar fikriga koʻra, yongʻin sogʻlomlashtirish markazida elektr issiqlik jihoz qarovsiz qoldirilgan oqibatida kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader