Jamiyat

Chaqaloqlar savdosi bilan shugʻullangan vahshiy jinoyatchilar jazolandi

© Sputnik / Andrey Starostin / Fotobankka oʻtishSudebnыy molotok, arxivnoye foto
Sudebnыy molotok, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda chaqaloqlar savdosi bilan shugʻullangan xususiy klinika xoodimlari ustidan sud hukmi oʻqildi.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Samarqandda bolalar savdosi bilan shugʻullangan, hech kim olmagan bolalar esa qarovsiz qoldirib nobud qilingan xususiy klinika haqida oldin xabar bergan edik. Ushbu jinoiy ishda aybdor boʻlganlar ustidan sud hukmi oʻqildi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston24” telekanali.

Jenщina za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Xususiy klinikada oʻnlab chaqaloqlar yoqib yuborilgani maʼlum boʻldi

Samarqand viloyati Jinoiy ishlar boʻyicha sudining hukmiga koʻra, Nargiz Sanaxonovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 13 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Uning jinoiy sherigi Dilorom Nasimovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari, 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida 12 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

© uz24.uzObvinyayemыe sotrudniki chastnoy kliniki v Samarkande
Chaqaloqlar savdosi bilan shugʻullangan vahshiy jinoyatchilar jazolandi - Sputnik Oʻzbekiston
Obvinyayemыe sotrudniki chastnoy kliniki v Samarkande

Mazkur ish boʻyicha Nargiz Sanaxonovaning qizi Eʼzoza Sanaxonova ham sudlangan boʻlib, u bitta epizodda qatnashganligi uchun Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Biroq uning yoshi va talaba ekani, qaramogʻida ukalari borligi inobatga olinib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi bilan 2 yilga sinov muddati belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala