Jamiyat

Oʻzbekistonda ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Respubliki Uzbekistan
 Shavkat Mirziyoyev posetil Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
“Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq boʻlishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida  Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi

Respublikada ilm-fanni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi. Lekin fan bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanishlar yetarlicha qoʻllab-quvvatlanmayotgani tanqid qilindi.

“Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq boʻlishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratilishi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoshlari bir necha barobar oshirilishini maʼlum qildi.

Kuni kecha prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Uchrashuvda bu boradagi ishlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va sohaga tatbiq etish masalalari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala