Jamiyat

Deputat arzon uy-joylar narxi borasida Toshkent hokimidan tushuntirish berishni soʻradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы na stroyke
Migrantы na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston
"Prezident qarori doirasida, soliq va boshqa toʻlovlardan bir qator imtiyozlarga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan uy-joyga muhtoj, yetim-yesir yoki kam taʼminlangan aholi vakillari uchun qurilayotgan uy-joylar xuddi shunday sifat va kafolatga ega boshqa uy-joylardan koʻra qimmatroqqa tushmoqda", deb yozadi deputat

TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzosi Rasul Kusherbayev fuqarolardan tushayotgan shikoyat va murojaatlar asosida Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev va “Oʻzshahar qurilish invest" IK direktori Z.Narzullayevga Toshkent shahrining Sergeli tumanida aholini arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida qurilayotgan uy-joylar narxi yuzasidan deputatlik soʻrovi yubordi. Bu haqda deputat oʻzining Facebookdagi sahifasida maʼlum qildi.

“Sergeli tumanida bunyod etilayotgan arzon uy-joylarga talabgor fuqarolar oʻz murojaatlarida, badal pulini toʻlagan vaqtda uylarning bir kv metr narxi 2 841 170 soʻm boʻlganligi, oradan 5 oy oʻtgach esa narx 3 981 697 ming soʻmga yoki (40,1 foizga) oshirib yuborilganligini bildirishgan”, — deb yozadi deputat oʻz soʻrovida.

Uning yozishicha, Toshkent shahrida arzon boʻlmagan uy-joylar qurish va sotish bilan shugʻullanayotgan boshqa tashkilotlarda esa OLX.UZ internet tarmogʻida berilgan eʼlonlarga koʻra, uy-joyning bir kv. metr uchun narxi 3,3 mln va 3,5 mln atrofida ekanligini koʻrish mumkin. Masalan, “ELITE COMPLEX” tashkiloti aholi uy-joylarini qurishni kaliti bilan kv. metri uchun 3,5 mln soʻm narxda taklif etmoqda.

"Bundan koʻrinib turibdiki, Prezident qarori doirasida, soliq va boshqa toʻlovlardan bir qator imtiyozlarga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan uy-joyga muhtoj, yetim-yesir yoki kam taʼminlangan aholi vakillari uchun qurilayotgan uy-joylar xuddi shunday sifat va kafolatga ega boshqa uy-joylardan koʻra qimmatroqqa tushmoqda. Vaholanki, davlatimiz rahbari aholini uy-joy bilan taʼminlashda asosiy eʼtibor oilada bir oila aʼzosi ishlaganda ham uning oylik daromadi kreditga olinayotgan uyni qoplashga yetishi lozimligini taʼkidlab oʻtgan edilar", — deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Interyer kvartirы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi

Deputatning taʼkidlashicha, ayni vaqtda Sergeli tumanida qurilayotgan 43,57 kv metr uy-joyga boshlangʻich badal toʻlanganidan soʻng imtiyozli davrda bir oy uchun kredit foizi toʻlovining oʻziyoq 800 ming soʻm atrofida boʻlsa, imtiyozli davrdan soʻng 1 mln 464 ming soʻmga aylanmoqda. Xuddi shunday 79,6 kv metrli uy-joy esa badal toʻlanganidan soʻng kreditni qoplashga imtiyozli davrda har oyda 1 mln 720 ming soʻm, imtiyozli davrdan keyin esa 3 mln 160 ming soʻmga aylanmoqda. Bunday uy joylarni olishga talabgor kam taʼminlangan oilalarda esa aksariyat hollarda oylik daromadi har bir oila aʼzosi jon boshiga hisoblaganda eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiqcha boʻlmaydi.

Deputat Jahongir Ortiqxoʻjayevdan Toshkent shahrining Sergeli tumanida aholi uchun qurilayotgan arzon uy-joylarning narxi, shu jumladan boshqa tashkilotlar qurayotgan uy-joylarga nisbatan qimmatligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishingizni va mazkur muammoni hal qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida axborot taqdim etishni soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala