Jamiyat

Tojikiston Oʻzbekistonga bir oy ichida yangi avtobus reyslarini yoʻlga qoʻymoqchi

© Sputnik / Igor MaslovReysovыe avtobusы
Reysovыe avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tojikiston transport vaziri bu vaqt masalasi ekanligi va Transport vazirligiga bir oy ichida mazkur masalani hal etish yuklatilganligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Yaqin vaqt ichida maʼlum bir rasmiyatchilikka rioya etilgandan soʻng Tojikiston va Oʻzbekistonning boshqa shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar berdi “Daryo”.

Bu haqda Tojikiston transport vazirligi rahbari Xudoyor Xudoyorzoda Dushanbedagi matbuot anjumanida maʼlum qilgan.

May oyi oʻrtalarida Xoʻjand va Toshkent oʻrtasida muntazam avtobus qatnovi ochilgan edi. Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga ham yangi avtobus reyslarini ochish rejalashtirilgan, biroq hozircha bu masala hal etilmagan edi.

Xudoyor Xudoyorzoda bu vaqt masalasi ekanligi va Transport vazirligiga bir oy ichida mazkur masalani hal etish yuklatilganligini taʼkidladi.

“Davlatlar oʻrtasida yoʻlovchi tashish, shu bilan birga yuk tashishga ham maʼlum bir yigʻimlar mavjud. Ikki davlat oʻrtasida hukumatlararo kelishuv imzolangandan soʻng oʻzbek hukumati tegishli qaror bilan Tojikistondan kirib keluvchi va tranzit yuk avtotransport vositalari va avtobuslarga qoʻshimcha yigʻimlarni soddalashtirdi”, — dedi u.

Vazir hozirda Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasini kesib oʻtuvchi xorijiy yuk transporti hamda avtobus tranziti va mamlakatga kirishi uchun toʻlov toʻlanishini bekor qilish masalasi ham hal etilganligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0