TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Toshkentda Bobur koʻchasida ichida yoʻlovchilari boʻlgan avtobus daraxtga urildi, deb xabar berdi "Narodnoye slovo".
11-yoʻnalishdagi avtobus daraxtga borib urilishi oqibatida, daraxt uning ustiga qulab tushgan. Voqea 26 iyul kuni taxminan soat 14:50 da yuz bergan.
Guvohlarning aytishicha, jabrlanganlar tez yordam mashinalarida olib ketilgan. Ularning soni aniq emas.
Hodisa joyida FVV xodimlari ishlamoqda.