Iqtisod

Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari Rossiya va Xitoy boʻldi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Savdo aylanmasi boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik hamkorlari Rossiya, Xitoy va Qozogʻiston boʻldi.

TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018 yil birinchi yarmida Oʻzbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori mamlakatlar oʻntaligini eʼlon qildi.

Puchok opticheskogo volokna - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston birgalikda “buyumlar interneti”ni rivojlantirmoqchi

Unda birinchi oʻrinni Rossiya egalladi. Ushbu davlat bilan savdo aylanmasi 2 826 mln dollarni tashkil etgan. Eksport - 1 022,4 mln dollar, import - 1 813 mln dollarga teng boʻldi. Bu mamlakatning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 16%.

Keyingi oʻrinda Xitoy bormoqda: savdo aylanmasi - 2 811,3 mln dollar, eksport - 1 304,6 mln dollar, import - 1 506,7 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 15,9%.

Uchinchi oʻrinda Qozogʻiston joylashdi: savdo aylanmasi - 1 436,7 mln dollar, eksport - 701,4 va import – 735,3 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 8,1%.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari maʼlum qilindi

Keyingi oʻrinlardan Turkiya, Koreya, Afgʻoniston, Germaniya, AQSH, Latviya va Belarus joy oldi.
Vazirlik shuningdek, 2018 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar roʻyxatini ham eʼlon qildi.

Eng koʻp eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi oʻrinda tabiiy gaz, keyingi oʻrinlarda meva-sabzavotlar va ip-paxta mahsulotlari joylashgan.

Eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0