Jamiyat

Toshkentdan Moskvaga aviaqatnovlar soni haftasiga 21taga yetkaziladi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Milliy aviakompaniya hozirgi kunda Domodedovo aeroportiga Oʻzbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari “ Milliy aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyidan poytaxtdan Moskvaga haftasiga 21 ta qatnovni amalga oshirishni, viloyat aeroportlaridan esa qatnovlar sonini haftasiga 9 taga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda MAK matbuot xizmati maʼlum qildi.

Milliy aviakompaniya hozirgi kunda Domodedovo aeroportiga Oʻzbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga koʻra, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan “eng punktual aviakompaniya” deb eʼtirof etildi.  

 

Yangiliklar lentasi
0