Iqtisod

"Oʻzavtosanoat" raisi: yil oxirida mashinalar ishlab chiqarish 9 foizga arzonlashadi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Umurzoqov shu yil yakuniga qadar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mashinalar soni haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik.  "Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida mashinalar ishlab chiqarishni arzonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Oʻzavtosanoat" raisi: 1 avgustdan GM Uzbekistan mashinalari narxi oshadi

"Asaka zavodida ilgari tarixda boʻlmagan narsa, yaʼni mashinani butlovchi qismlarini, chet etda butlovchilarni yetkazib beradigan zavod direktorlari bilan gaplashib, 20 foizgacha butlovchi qismlarni narxini tushirishga kelishib oldik. Buni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Birdaniga qilib boʻlmaydi. Sababi ularning hammasi kreditda oʻtirgan tashkilotlar. Buni toʻgʻri tushunishimiz kerak", - dedi Umurzoqov.

Shavkat Umirzoqov yil yakuniga qadar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mashinalar soni haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

"Butlovchi qismi yil oxirigacha tushirib boramiz, bu oʻz oʻrnida avtomashinani ishlab chiqarish narxini 9 foizga tushiga olib boradi. Bundan tashqari bu avtomashinalarni ishlab chiqarish 220 mingtaga, yaʼni hozir qoʻshimcha yil oxiriga qadar 140 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Kisqa muddatda hali tarixda buncha mashina ishlab chiqarilmagan. Zavod direktorlari bilan kelishildik, birortasi bu oldimizga qoʻyilgan maqsadga toʻsiqlik qilmaydi. Ehtiyot qismlarni oʻz vaqtida yetkazib beradi. Biz esa mashinalarni oʻz vaqtda ishlab chiqarib, xalqqa yetkazamiz", - deb qoʻshimcha qildi Umurzoqov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala