Dunyoda

Afrikada rossiyalik jurnalistlarga kim hujum uyushtirgani aytildi

© AFP 2023 / FLORENT VERGNESVoyennыe v Tsentralnoafrikanskoy respublike
Voyennыe v Tsentralnoafrikanskoy respublike - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Radiostantsiya maʼlumotlariga koʻra, Orxan Djemal, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenkoga kechki payt soat oltida Sibut yaqinida hujum uyushtirishgan.

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Markaziy Afrika Respublikasida hujjatli film suratga olgan rossiyalik jurnalistlarga oʻn kishi hujum uyushtirgan, deb xabar tarqatdi Radio Ndeke Luka.

Radiostantsiya maʼlumotlariga koʻra, Orxan Djemal, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenkoga kechki payt soat oltida Sibut yaqinida hujum uyushtirishgan.

Dunyoda
Uch nafar rossiyalik jurnalistlar Afrikada oʻldirildi

"Xavfsizlik kuchlari vakillari ulardan ketmaslikni soʻrashgan, chunki shom tushib qolgan. Ammo ular oʻz aytganida turib, yoʻlga chiqishgan", - deb taʼkidlagan mahalliy amaldorlardan biri Marselin Yoyo.

Uning aytishicha, yovuz niyatli kimsalarning barchasida "boshida sallasi boʻlgan va ular faqat arab tilida gaplashishgan".

BMTning MARda barqarorlashtirish missiyasi (MINUSCA) taʼkidiga koʻra, rossiyaliklarning jasadi Sibutning shimoliy qismidan 33 km chaqirim masofada qoldirilgan mashina ichidan topilgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi jinoiy ish qoʻzgʻagan va ish yuzasidan surishtiruv oʻtkazishda afrikalik huquq himoyachilariga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

Rossiya TIV hozirda halok boʻlganlar jasadini vatanga qaytarishda yordam koʻrsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0