Jamiyat

Xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi

© Sputnik / Aleksey KudenkoPodacha dokumentov v vuzы
Podacha dokumentov v vuzы - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish respublika oliy taʼlim muassasalari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olib boriladi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019 oʻquv yili qabuli uchun qoʻshimcha kvotalar ajratildi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur oliy oʻquv yurtlarida xorijiy oliy taʼlim muasssasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlariga muvofiq magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul amalga oshiriladi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 15 nafar talaba “Suv sifatni boshqarish” (Michigan universiteti, AQSH), “Intellektual datchiklar va texnologiyalar” (Michigan universiteti, AQSH), “Atrof-muhit muhofazasi” (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), (Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xoʻjaligi universiteti, Slovakiya) mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi.

Abituriyentы iz Uzbekistana yedut uchitsya v Tomsk - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun eng koʻp ariza oʻzbekistonlik abituriyentlardan tushgan

Toshkent davlat agrar universitetida Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan hamkorlikda 15 nafar talaba “Agrar menejmenti” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlari asosida magistrlar tayyorlanadigan mutaxassisliklar boʻyicha hujjatlar 2018 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish respublika oliy taʼlim muassasalari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olib boriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda TESL — “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish” akademik dasturi boʻyicha bir yillik magistraturaga 100 nafar talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi. 

Vebster universitetining OʻzDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning 1 avgustidan 20 avgustiga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala