Jamiyat

Oʻqishga test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishStudentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumat qarori bilan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati oʻqishga test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqladi, deb xabar qilindi telegrammdagi Huquqiy-axborot kanalida.

Vstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Test sistemasi Oʻzbekiston taʼlim tizimini buzdi, deb hisoblaydi dotsent Qodirov

"Hukumat qarori bilan Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.

Nizomga koʻra, kasbiy (ijodiy) imtihonlar fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy, ogʻzaki shakllarda, har yili 25 iyuldan 10 avgustgacha boʻlgan davrda oʻtkaziladi.

Imtihon topshiriqlari umumiy oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar (shu jumladan madaniyat, sanʼat, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan) taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlaridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tuziladi.

Sport va jismoniy tarbiya fanlari boʻyicha imtihon topshiriqlari tuzishda abituriyentlarning jinsi va yoshi jihatdan belgilangan meʼyoriy talablar inobatga olinadi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Biz havas qilardik oʻqituvchining kiygan kiyimiga qarab - dotsent Qodirov bilan suhbat davomi

Eslatib oʻtamiz, alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar takliflari asosida har yili Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.

Abituriyentlarning amaliy shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash shifrlash orqali amalga oshiriladi.

Natijalar kasbiy imtihon oʻtkazilganidan keyin 1-3 kun muddatda taʼlim muassasasi veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bordi-yu abituriyentda oʻz natijalari boʻyicha eʼtiroz tugʻilsa, apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Norozilik arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va komissiya tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala