TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov tumanlardagi rahbarlarni yangilamoqda.
Viloyat hokimligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, 2017 yil fevral oyidan buyon Past Dargʻom tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sobirjon Ergashev oʻz arizasiga koʻra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Toyloq tumani hokimi vazifasida faoliyat koʻrsatgan Baxodir Saʼdullayev Past Dargʻom tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimini 2014 yil sentyabr oyidan buyon "Agrobank" Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Baxodir Bobonazarov egallagan.