Hodisalar

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan mototsiklchilar ushlandi

CC0 / pixabay. / Mototsiklы yedut po nochnomu gorodu
Mototsiklы yedut po nochnomu gorodu - Sputnik Oʻzbekiston
Olti nafar mototsiklchining hujjatlari yoʻqligi, 2 nafari shlemsiz ekani, 4 nafarida davlat raqam belgisi standartga mos emasligi aniqlandi

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkentda 29 iyuldan 30 iyulga oʻtar kechasi aholi tinchligini buzib, ularning noroziligiga sabab boʻlayotgan haydovchilar ushlandi.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, YPX xodimlari tezlikni oshirib harakatlanib kelayotgan 22 nafar haydovchini toʻxtatishgan, ulardan 12 nafari mototsiklchilardir.  

Festival Motoarmiya v parke Patriot - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Baykerlar, tarillatmang": IIBB mototsikl haydovchilariga murojaat qildi

"Olti nafar mototsiklchining hujjatlari yoʻqligi, 2 nafari shlemsiz ekani, 4 nafarida davlat raqam belgisi standartga mos emasligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Umumiy hisobda 24 nafar haydovchining tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargani, 33 nafari svetofor qizil chirogʻi va yoʻl belgilariga boʻysunmagani, 214 nafari xavfsizlik kamari taqmaganligi qayd etildi. Ularning barchasiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, transport vositalari jarima maydoniga qoʻyildi.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtda jamoat tartibini buzgan, kechki va tungi vaqtlarda mototsiklni tez boshqarib, poygada qatnashayotgan va odamlarning tunda orom olishiga xalal berayotgan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala