O‘zbekistonda test sinovlari boshlandi: jarayonni onlayn kuzatish mumkin

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan bino va obyektlarni to‘liq qamrab olish maqsadida 1400 dona videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 1-avgustda start oladigan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qabul imtihonlari jarayonida AKTdan keng foydalangan holda, imtihonlarning ochiq va oshkora o‘tkazilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Vazirlikning bildirishicha, “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida “O‘zbektelekom” AK tomonidan test imtihonlari o‘tkaziladigan barcha obyektlarga optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, barcha tegishli binolar yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimlariga ulandi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi test sinovlari qanday o‘tkaziladi?

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan bino va obyektlarni to‘liq qamrab olish maqsadida 1400 dona videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Imtihonga kirish jarayonida har bir abituriyent shaxsi ma’lumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan, qiyofani aniqlaydigan maxsus kamera orqali tekshiruvdan o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘tkazilayotgan obyektlar yaqinidagi maxsus kutish hududlarida ota-onalar, abituriyentlarning yaqinlari uchun yirik ekranlar o‘rnatiladi. Ularda imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, internet tarmog‘ining www.test2018.uz manzilida tashkil qilingan maxsus resurs orqali barcha obyektlardagi imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoni mavjud.

Qabul imtihonlari jarayonida yanada ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida, UZDIGITAL TV telekanallar tarmog‘i orqali imtihonlarni jonli efirda ko‘rish uchun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0