Jamiyat

Hokimlik Jahongir Ortiqxoʻjayevni TVda koʻrsatmaslik toʻgʻrisidagi xabar yolgʻonligini bildirdi

© Sputnik / Anton KurilkinXokim Tashkenta Artыkxodjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artыkxodjayev Djaxongir - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki Milliy teleradiokompaniya rahbariyati Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir  Ortiqxoʻjayevni televideniye orqali koʻrsatilmaslik toʻgʻrisida topshiriq olganligi haqida xabar tarqalgan

TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki Milliy teleradiokompaniya rahbariyati Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir  Ortiqxoʻjayevni televideniye orqali koʻrsatilmaslik toʻgʻrisida topshiriq olganligi haqida tarqalgan xabar haqiqatdan yiroq ekanligini rasman bayon etdi.

Hokimlik matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirilishicha, Toshkent shahar hokimi ishtirokidagi lavha yoki maqolalarni ommaviy axborot vositalarida koʻrsatishga hech qanday taqiq mavjud emas.

“Shu sabab, Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yolgʻon maʼlumotlarga eʼtibor bermasliklarini soʻraydi. Boz ustiga, ushbu maʼlumot “feyk” (haqiqiy egasi kimligi nomaʼlum) akkauntdan tarqatilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala