Dunyoda

Venesuela prezidenti Maduroga suiqasd uyushtirildi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro
Prezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Internetda Venesuela prezidenti Maduroga uyushtirilgan suiqasd videolavhasi paydo boʻldi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirildi, deb xabar qilmoqda RussiaToday telekanali.

Muvaffaqiyatsiz suiqasd aks etgan videolavha telekanal sahifasida joylashtirilgan. Unda prezident Maduro milliy iqtisodni tiklashga bagʻishlangan namoyish vaqtida nutq soʻzlayotganda portlash ovozi eshitaladi. Portlashdan soʻng tansoqchilari prezidentni darhol uni oʻrab olishadi va kevlar qalqonlar bilan himoya qilishadi.

Shundan soʻzng prezident nutq soʻzlashdan toʻxtab qoʻriqchilar himoyasi ostida minbarni tark etadi. Shu vaqt ikkinchi portlash tovushi eshitiladi.

Venesuela Axborot va aloqa vaziri Xorxe Rodriges xabariga koʻra, ushbu suiqasd portlovchi moddalar oʻrnatilgan dronlar yordamida amalga oshirilgan. Maduro nutq soʻzlayotgan minbar tomon uchib kelayotgan dronlardan birini snayper urib tushirgan. Portlash oqibatida 7 nafar askar jarohat olgan.

Venesuela prezidentiga uyushtirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni isyonchi politsiyachi Oskar Peres bilan bogʻliq boʻlgan “Flanel askarlar” yashirin muxolifatchi guruh aʼzolari boʻynlariga olishgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning iyun oyida Oskar Peres boshchiligidagi bir guruh  Venesuela maxsus xizmati xodimlari hukumatga qarshi isyon uyushtirishgan edi. Ular politsiya vertolyotini olib qochib, IIV va Oliy sud binolariga granatalar tashlagan edi. Peres 2018 yilning yanvarida hukumat qoʻshnlari tomonidan qoʻlga olish vaqti yoʻq qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0