Hodisalar

Toshkentda toʻpponchani sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

© GUVD g. TashkentaRevolver sistemы "Nagan" obraztsa 1921 goda
Revolver sistemы Nagan obraztsa 1921 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini taʼmirlash vaqtida yertoʻladan topib olgan 1921 yilga oid “Nagan” toʻpponchasini 500 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlganida qoʻlga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu holat boʻyicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majburlagani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala