Jamiyat

“Urganch” xalqaro aeroporti 8 avgustdan parvozlarni qabul qilishni boshlaydi

“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10 avgustdan boshlanadi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi yoʻlovchilarga “Urganch” xalqaro aeroporti 2018 yil 8 avgustdan parvozlarni bajarish uchun ochiqligini maʼlum qildi.

“Urganch” xalqaro aeroporti 8 avgustidan mahalliy qatnovlarni qabul qilib, shtat rejimida ishlashni boshlaydi.

“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10 avgust kunidan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, "Urganch" xalqaro aeroporti joriy yilning 16 iyulidan texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilgan edi. "Urganch" xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladigan qatnovlar “Nukus” aeroportiga vaqtincha koʻchirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala