TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Qosimxoʻjayev Koreyaning Land Master kompaniyasi prezidenti Bo Sang Ron bilan uchrashdi, deb xabar berdi qoʻmita matbuot xizmati.
Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlik masalalarini hamda poytaxtda zamonaviy mehmon uylari va golf-klub tarmoqlarini qurish istiqbolini muhokama qildi. Bo Sang Ron Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan golf-klub haqida maʼlumot berdi. Uning aytishicha, hozirda golf-klub loyihasi ishlab chiqish jarayonida.
Uchrashuv yakunlariga koʻra tomonlar turizm va tadbirkorlik sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.