Jamiyat

Magistraturada yangicha tartibda taʼlim olish yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Aleksey KudenkoPodacha dokumentov v vuzы
Podacha dokumentov v vuzы - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda oliy taʼlim muassasalarida ikki yoʻnalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.

TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar berdi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.

Qaror loyihasida magistr mutaxassislar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish hamda xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangiliklar kiritilgan.

Jumladan, endilikda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasi asosida oliy taʼlim muassasalarida ikki yoʻnalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.

Vstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sirtqi taʼlim shakliga test sinovlari sanasi oʻzgargani maʼlum qilindi

Ushbu qaror loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul kvotalari kadrlar buyurtmachilari tomonidan berilgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, oliy taʼlim muassasasi takliflari asosida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlash taklifi kiritilgan.

Hujjatda ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yoʻnalishda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash faqat davlat granti asosida amalga oshirilishi, ilmiy-pedagogik yoʻnalishda maqsadli tayyorlangan mutaxassislar magistraturani bitirgandan soʻng ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil (tayanch doktoranturada oʻqish vaqtidan tashqari) ishlab berishi koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, hujjatda quyidagi yangiliklar ham koʻzda tutilgan:

- magistraturada bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati amaldagi normativlarning 50 foizi miqdorida belgilash;

Matematicheskiye formulы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik talabalar ikki karra Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori boʻlishdi

- oʻquv yili yakunlariga koʻra magistratura oʻquv rejasida belgilangan fanlardan, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlardan yetarli reyting balini toʻplamagan talabalarni kursida qoldirilishi;

- davlat granti asosida qabul qilingan talabalarga oʻz hisobidan toʻlov-shartnoma asosida oʻqishni davom ettirish imkoniyatini berish;

- xorijiy mamlakatlarda 6 oygacha boʻlgan muddat (bir semestr) stajirovkada boʻlgan magistratura talabalariga oʻquv rejasida belgilangan fanlarni shaxsiy reja asosida erkin oʻzalashtirish imkoniyati berish;

- magistraturani imtiyozli tamomlagan talabalarni oliy taʼlim muassasasining Kengashi qarori asosida tayanch doktoranturaga sinovlarsiz  qabul qilish;

- magistratura talabalarining Impakt-faktor koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ilmiy jurnallarda maqola chop etish xarajatlarini oliy taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat berish va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala