Jamiyat

Prezident qurilish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident ularga oʻz nomidan hamda xalq nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi, tabrik matni prezident rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Prezident ularga oʻz nomidan hamda xalq nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildirdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: obod mahallada obod koʻngil boʻladi

"Biz sizlarning timsolingizda oʻz mehnati bilan shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy obʼyektlar, muhtasham uy-joylar, yoʻl va koʻpriklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, goʻzal va tarovatli etish yoʻlida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini koʻramiz", - deyiladi tabrikda.

Bundan tashqari, prezident iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ijtimoiy hayotdagi ulkan oʻzgarishlar, jumladan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilab olingan vazifalar soha rivojini mutlaqo yangicha tarzda, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlari asosida tashkil etishni talab etayotganiga eʼtibor qaratdi.

Mirziyoyev “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mamlakatdagi 159 ta tumanda 416 ta qishloqni obodonlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan bosh rejalar asosida 320 ta maktab, 231 ta maktabgacha taʼlim, 148 ta sogʻliqni saqlash muassasasi va 77 ta mahalla fuqarolar yigʻini binolari, koʻplab koʻcha va maydonlar, jamoat maskanlarida katta qurilish ishlari olib borilayotganini eʼtirof etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala