Dunyoda

Kaspiyda hech qachon xorijiy harbiy bazalar joylashtirilmaydi

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Fotobankka oʻtishBAKU
BAKU - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kaspiyboʻyi mamlakatlari sammitida imzonalanadigan hujjatga koʻra, kelajakda Kaspiy dengizi havzasida xorijiy mamlakatlar harbiy bazalarini joylashtirish taʼqiqlanadi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Qozogʻistonning Aktau shahrida boʻlib oʻtayotgan Kaspiyboʻyi mamlakatlari sammitida, ushbu dengiz hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni taʼqiqlash haqidagi konventsiya imzolanishi kutilmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

“Kaspiyda har qanday harbiy bazalar qurish, xorijiy mamlakatlar harbiy kemalarini joylashtirish – taʼqiqlanadi. Ushbu haqida muhim hujjat qabul qilindi”, - dedi Eron rahbari Ruxani Kaspiyboʻyi mamlakatlari sammitida.  

Biroz oldin Qozogʻiston TIVi rahbari Kayrat Abdraxmanov ham xuddi shunday mazmunli bayonot bilan chiqqan edi.

Viktor Nadein-Rayevskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonga Oʻrta yer dengiziga chiqish nima uchun muhim - Nadein-Rayevskiy

Oʻz navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Kaspiyboʻyi mamlakatlari uchrashuvini “oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan voqea” deb atadi.

“20 yildan ortiq vaqt davomida tayyorlangan ushbu hujjat Kaspiy dengizining qonuniy maqomini hamda undan birgalikda foydalanishda ushbu besh mamlakatning huquq va majburiyatlarini aniq belgilaydi”, - dedi Putin.     

Kaspiy konventsiyasi – Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron tomonidan, oʻzaro konsensus asosida tayyorlangan, asosiy xalqaro huquqiy hujjatdir.  Unga koʻra Kaspiy dengizining ustining asosiy qismi umumiy foydalanish uchun ochiq boʻladi. Dengiz tubi va resurslarini esa - besh mamlakat oʻzaro boʻlib olishadi.

Yangiliklar lentasi
0