Guterresh zudlik bilan Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

© REUTERS / DENIS BALIBOUSEGeneralni sekretar OON Antoniu Guterresh
Generalni sekretar OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bosh kotib o‘t ochilishi zudlik bilan to‘xtatilishi va mojaro ishtirokchilari o‘rtasida barqaror tinchlik borasida kelishib olish uchun muzokaralar boshlanishi zarurati haqida qayd etmoqda", - deyiladi bayonotda

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Afg‘onistondagi otishmani zudlik bilan to‘xtatishga va u yerda muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirdi, deyiladi Bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dujarrik bayonotida. RIA Novosti xabari asosida.

Afganskie voyennie s PZRK - Sputnik O‘zbekiston
G‘azni uchun jang: Ashraf G‘ani toliblarga qarshi kurashayotgan askarlar sonini ko‘paytirdi

Afg‘oniston sharqida 10-avgustdan hukumat va "Tolibon" radikal harakati jangarilari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar ro‘y bermoqda. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kun ichida 400ga yaqin jangarilar yo‘q qilindi. Shuningdek, qonli to‘qnashuvlar vaqtida 100 ga yaqin kuch vakillari, va 20dan 35 nafar atrofida tinch aholi halok bo‘lgan.

"Bosh kotib o‘t ochilishi zudlik bilan to‘xtatilishi va mojaro ishtirokchilari o‘rtasida barqaror tinchlik borasida kelishib olish uchun muzokaralar boshlanishi zarurati haqida qayd etmoqda", - deyiladi bayonotda.

U navbatdagi bor, u yerdagi masalada harbiy yechim yo‘qligini ta’kidlab, "Barcha afg‘onlar uchun barqaror va porloq kelajak yaratish manfaati yo‘lida" shoshilinch tartibda mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal etishga chaqirdi. 

Bayonotda mojaro ishtirokchilari aholi va tinch obyektlarni o‘z zarbalari nishoni ostiga olib, xalqaro insonparvarlik qonunchiligini ochiqchasiga buzishayotgani aytib o‘tilgan.

Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar G‘azni shahrini shturm qilmoqda - OAV

"Kurashuvchi tomonlar jangovar harakatlar oqibatida tinch aholi halok bo‘lishi yoki jarohat olishi mumkin bo‘lgan holatlarni istisno etishlari va G‘aznigacha gumanitar yordam tezlik bilan hamda to‘siqlarsiz yetkazib berilishini ta’minlashlari lozim", - deyiladi press-ofis bayonotida.

Dujarrik shuningdek, BMT Bosh kotibi toliblar hujumi oqibatida G‘aznida halok bo‘lgan insonlar oilalariga ta’ziya bildirganligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0