Poytaxtdagi "Qorasuv-6" dahasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

© Dilshoda RaxmatovaV maxallyax Tashkenta otmechayut 27 letie Dnya Nezavisimosti Uzbekistana
V maxallyax Tashkenta otmechayut 27 letie Dnya Nezavisimosti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Avayxon" mahallasidagi tadbir "O‘z bolangni o‘zing asra" shiori ostida o‘tkazildi

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumani "Qorasuv 6" dahasida O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Avayxon" mahallasida o‘tkazilgan tadbir "O‘z bolangni o‘zing asra" shiori ostida o‘tkazilib, mahalla bolalari orasida vatanparvarlik ruhini kamol toptirish va ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasiga bag‘ishlandi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Mirzo-Ulugbekskom rayone stolisi otprazdnovali 27 letie Nezavisimosti Uzbekistana
Poytaxtdagi Qorasuv-6 dahasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Mirzo-Ulugbekskom rayone stolisi otprazdnovali 27 letie Nezavisimosti Uzbekistana

Tadbir davomida 275-maktab o‘quvchilarining sport chiqishlari, shaxmat-shashka musobaqalari, asfaltga rasm chizish konkursi, "Milliy gvardiya" harbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, Taekvondo jamoasining chiqishi namoyish qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, M.Ulug‘bek tumani 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi, Ichki ishlar Akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0