Siyosat

Mirziyoyev oktyabr oyida Frantsiyaga boradi

Oʻzbekistonda Madaniyat vazirligi huzurida Frantsiya madaniyat markazi tashkil etildi

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi tashrif bilan Frantsiyaga boradi.

Shu munosabat bilan Frantsiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. 

Taʼkidlanishicha, Madaniyat vazirligi huzurida Frantsiya madaniyat markazi tashkil etildi. 

Markaz xarajatlarini moliyalashtirish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala