Sport

Osiyo oʻyinlari kundaligi: Ruslan Nuriddinov jamoaga 6 - oltin medalni olib keldi

© GOH Chai Hin / AFPUzbekskiy tyajeloatlet Ruslan Nurudinov
Uzbekskiy tyajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik Oʻzbekiston
Ogʻir atletikachi Ruslan Nuriddionov umumiy hisobda 421 tosh koʻtarib oltinchi oltin medal sohibi boʻldi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida bugun Oʻzbekiston jamoasi yana bir oldtn medalga sazovor boʻldi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabariga asosan.

Ogʻir atletikachi Ruslan Nuriddionov umumiy hisobda 421 kg tosh koʻtarib, Oʻzbekiston jamoasi yutib olgan oltinchi oltin medal sohibi boʻldi. Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu oltin medal Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlarida Ogʻir atletika boʻyicha yutib olgan birinchi oltin medali hisoblanar ekan.

Ogʻir atletika, ayollar. Omadoy Otaqoʻziyeva dast koʻtarishda 101, siltab koʻtarishda esa 131, umumiy hisobda esa 232 kg toshni oʻziga boʻysundira oldi. Bu ikkinchi natija! KUMUSH medal!

Karate boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Barno Mirzayeva tailandlik Arm Sukkiauni 2:1 hisobida magʻlub etib bronza medaliga sazovor boʻldi.

Karate. Saymatov bronza medali uchun vyetnamlik Xai Nguyenga qarshi jang oʻtkazdi va 1:8 hisobida gʻalaba qozonib bronza medalini yutib oldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala