Dunyoda

Rossiya oʻz tarixida eng yirik harbiy oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazadi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchintsevPodgotovka k voyennыm ucheniyam "Vostok-2018" v Zabaykalskom kraye
Podgotovka k voyennыm ucheniyam Vostok-2018 v Zabaykalskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Shoygu aytishiga qaraganda bunday yirik oʻquv mashgʻulotlari Rossiyada 1981 yildan buyon oʻtkazilmagan.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiyada boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan "Vostok-2018" harbiy manyovrlarida 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 36 ming tank va BTRlar, mingdan ortiq vertolet va uchuvchisiz apparatlar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga qaraganda bunday yirik masshtabli manyovrlar Rossiyada 1981 yildan buyon oʻtkazilmagan.

“Ular "Zapad-81" oʻquv-mashgʻulotlariga nimasi bilandir oʻxshab ketadi, lekin baʼzi jihatdan undan ham yirikroqdir. Markaziy va Sharqiy harbiy okrugning ibarcha poligonlarida  mingdan ortiq uchar apparatlar, 300 ming harbiylar hamda Tinch okeani floti, Shimoliy  flot hamda Harbiy desant qoʻshnlarining ishtirokida oʻtmoqda”, - dedi Shoygu.

Shoygu aytishiga qarganda harbiy manyovrlar juda katta tayyorgarlikdan soʻng boʻlib oʻtadi. Qoʻshnlar uchun 15ta maxsus mashugʻlotlar tashkil qilinadi. Ulardan oldidan esa qoʻshnlarda kutilmagan tekshiruvlar oʻtkaziladi.

2018 yilning 11-15 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “Sharq-2018”  oʻquv-mashgʻulotlari harbiy qoʻshnlar uchun eng yirik manyovr boʻladi. Ushbu mashgʻulotlar xalqaro statusga ega. Ularda Sharqiy va Markaziy harbiy okrug qoʻshnlari, Tinch okeani va Shimoliy flotlar ishtirok etadi. Oʻquv mashgʻulotlarning maʼlum bosqichida Mongoliya va Xitoy qoʻshnlari ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0