Jamiyat

Bekobodda yirik metallurgiya tsexi ishga tushirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na "Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na  Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bekobodda qiymati 60 million dollar boʻlgan, zamonaviy metallurgiya tsexi ishga tushirildi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Bekobod shahriga boʻlgan tashrifi davomida “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJda yangi tsex ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na "Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat"
Bekobodda yirik metallurgiya tsexi ishga tushirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na "Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat"

29 avgust kuni boʻlib oʻtgan Ferroqotishmalar ishlab chiqarish tsexini ishga tushirish marosimida korxona ishchilari, soha mutasaddilari, xorijlik investorlar ishtirok etdi.

Yangi tsex Janubiy Koreyaning “Posco Daewoo” kompaniyasi ishtirokida qurilgan boʻlib, u qiymati 60 million dollar boʻlgan, zamonaviy, energiya tejovchi va ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan. 

Yangi tsex yiliga jami 25 ming tonna ferrosilitsiy va ferrosilikomarganets qotishmalari ishlab chiqaradi. Bu metall mahsulotlar tayyorlaydigan tarmoqlar talabini toʻliq qondirish bilan birga, yiliga oʻrtacha 8 ming tonna ferroqotishmani eksport qilish va 12 million dollar miqdoridagi valyuta tushumini taʼminlash, importni qisqartirish imkoniyatini yaratadi. 

Shuningdek, ushbu yangi tsexga oʻquv yurtlarini bitirayotgan va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻzlashtirgan 330 nafar yigit-qiz ishga qabul qilinadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na "Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat"
Bekobodda yirik metallurgiya tsexi ishga tushirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita na "Uzbekskiy metallurgicheskiy kombinat"

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 18 avgust kuni “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati”» AJga ilk bor tashrif buyurgan edi. Oʻshanda korxonaning ishlab chiqarish quvvati va moliyaviy-iqtisodiy holatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini belgilab berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0