Iqtisod

Oʻzbekistonda transport vazirligi tashkil etiladi

© Sputnik / StringerGorodskoy transport v Tashkente
Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Avtomobil, temir yoʻllar va havo yoʻllari, metro va daryo transporti ishini oʻzaro muvofiqlashtiruvchi – Transport vazirligi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda UzA.

Majlisda sohada yigʻilib qolgan koʻplab muammolar muhokama qilindi. Jumladan ushbu muammolarni kompleks hal qilish uchun Oʻzbekiston transport vazirligi tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi.

“Oʻzavtotrans” agentligi tomonidan transport sohasini rivojlantirishni kompleks koʻrib chiqish borasida davlat siyosatini yuritish tizimi hanuzgacha yoʻlga qoʻyilmagani sababli avtomobil, temir yoʻllar va havo yoʻllari, metro va daryo transporti ishini oʻzaro muvofiqlashtiruvchi, bu borada yagona siyosat yurituvchi davlat organini tashkil etish zarur”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston transport vazirligi tashkil etish boʻyicha taklif kiritish vazifasi mutasaddi tashkilotlarga topshirildi. 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 6 mart kuni, prezident qaroriiga asosan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi va 2018-2021 yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala