Jamiyat

GM Uzbekistan Sergeli mashina bozorida avtomobil sotishni boshlaydi

© Sputnik / Igor RussakAvtomobili Chevrolet na avtostoyanke
Avtomobili Chevrolet na avtostoyanke - Sputnik Oʻzbekiston
GM oʻz mahsulotini Oʻzbekistonning barcha mashina bozorlariga olib chiqadi. Xususan, ushbu bayrami kunlari Sergeli mashina bozoriga 1,5 mingga yaqin "Spark" va "Kobalt", «Lasetti» avtomobillarini olib chiqiladi.  

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. GM Uzbekistan oʻz xaridorlariga qulayliklar yaratishda davom etmoqda - 1 sentyabr kuni kompaniya “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” tashkil etilishini eʼlon qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
GM Uzbekistan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmatini yoʻlga qoʻydi

Yaqin vaqt ichida respublika hududidagi barcha mashina bozorlarida GM Uzbekistan avtomobillari rasman sotila boshlaydi. Mashina bozorlarida tashkil qilinayotgan savdo maydonchalarida kompaniyaning malakali mutaxassislari xaridorlarga kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi. 

"45 daqiqa ichida avtomobil" dasturiga muvofiq tashkil qilingan ushbu savdo maydonchalarining eng birinchisi Toshkent shahridagi Sergeli mashina bozori hududida ishga tushadi.

“Ilk savdo maydonchasi Toshkent shahrida Sergeli avtomobil bozori hududida, ushbu dam olish kunlari tashkil etiladi. Savdoga 1475 dona "Spark", "Kobalt" va "Lasetti" avtomobillari qoʻyiladi. GM Uzbekistan vakillari kerakli tavsiyalarni berib mahsulot haqida batafsil maʼlumot taqdim etishadi” – deyilgan xabarda.

Kompaniya shuningdek, qanday modeldagi avtomobil xarid qilinishidan qatʼiy nazar, mijozlarga velosiped sovgʻa qilishni vaʼda bermoqda. GM Uzbekistan matbuot xizmati xabariga asosan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala